Hindistonning Himoloy tog‘larida sodir bo‘lgan ko‘chkilar oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Qayd etilishicha, 20 kishi hamon bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi.
Ximachal-Pradesh va Uttarakxand shtatlarida kuchli yomg‘ir daryo qirg‘oqlaridan oshib, yo‘llar va infratuzilmaga zarar yetkazdi. Bu shtatlarning ayrim hududlarida o‘tgan kun davomida 273 va 419 mm yog‘ingarchilik kuzatildi.
Hindiston meteorologiya departamenti seshanba (15-avgust) kuni yog'ingarchilik intensivligi pasayishi kerakligini aytib, ikkala shtat uchun qizil ogohlantirish e'lon qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52901 | Инструменты