Hind okeanining G‘arbiy Avstraliya sohili yaqinida 2014-yil 8-martda bedarak yo‘qolgan Malaysia Airlines’ning Boeing 777-200 samolyoti uchun yangi qidiruv ishlari boshlandi. Ushbu samolyot MH370 reysi bilan Kuala-Lumpurdan Pekinga uchayotgan edi.
9News telekanalining xabariga ko‘ra, qidiruv ishlarini AQShning Ocean Infinity kompaniyasi Malayziya hukumati bilan tuzilgan shartnoma asosida olib bormoqda. Yangi operatsiya 15 ming kvadrat kilometr maydonni qamrab oladi va Avstraliyaning sharqiy sohilidagi Perta shahridan 1,5 ming kilometr uzoqlikda o‘tkaziladi.
Telekanalning ta’kidlashicha, avvalgi qidiruv operatsiyalaridan farqli ravishda, bu safargi qidiruv aniqroq va chuqurroq amalga oshiriladi, chunki ilgari 200 ming kvadrat kilometrgacha bo‘lgan hudud tekshirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22514 | Инструменты