Hindiston Tibbiy tadqiqotlar kengashi (ICMR) Karnataka shtatida metapnevmovirus (HMPV) bilan kasallangan ikki holatni aniqladi. Bu haqda Hindustan Times xabar berdi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, ikkala holat ham bronxopnevmoniya (bronxit va pnevmoniya alomatlari va belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan kasallik) bilan bog‘liq. Shifoxonaga yotqizilgan ikki nafar chaqaloqda metapnevmovirus aniqlangan. Anamnezida bronxopnevmoniya bo‘lgan uch oylik qizcha davolanishdan so‘ng chiqarilgan, sakkiz oylik o‘g‘il bola esa hali ham davolanmoqda.
Bemorlarning birortasi ham mamlakatdan tashqariga sayohat qilmagan. Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi virus butun dunyo, shu jumladan, mamlakatda ham faol tarqalayotganini ta’kidladi.
Biroq, ICMR va kasalliklar monitoringi dasturi (IDSP) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tkir respirator kasalliklar sonining sezilarli o‘sishi kuzatilmagan. Hindistonda respirator kasalliklarning ehtimoliy tarqalishini boshqarish uchun muntazam o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bu mamlakatga kasallanish sonining ko‘payishiga tayyor bo‘lish va har qanday tahdidlarga samarali javob berish imkonini beradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10813 | Инструменты