Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylangan 2169 nafar erkak hibsga olindi

Hindistonning shimoli-sharqidagi Assam shtatida politsiya xodimlari noqonuniy yosh nikohlarga qarshi kurash doirasida uyushtirilgan reydda 2169 erkakni hibsga oldi. Bu haqda NDTV huquq-tartibot idoralari vakillariga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Mahalliy politsiya boshlig‘i Gyanendra Pratap Singxning aytishicha, erkaklar politsiya tomonidan qayd etilgan 4074 ta holat asosida hibsga olingan. Biroq, xabardan ma’lum bo‘lishicha, qo‘llarida yosh bolalari bor ayollar erlarining hibsga olinishiga qarshi chiqishgan.

“Biz birga yashadik va qandaydir yo‘l bilan kun kechirgan bo‘lsakda, biz baxtli edik. Erim hibsga olingandan keyin bizni kim ro‘zg‘or bilan ta’minlaydi?” deydi shunday norozilik bildirgan ayollardan biri. 

Ma’lumot uchun, 1978-yilda Hindiston qonunchiligiga erkaklar 21 yoshda, ayollar esa 18 yoshda turmush qurishga ruxsat beruvchi o‘zgartirish kiritildi. Ushbu cheklovlar bugungi kunda ham amalda. Biroq, Hindistonda daromadlarning pastligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar bilan turmush qurish asosan qishloq aholisi orasida keng tarqalgan.

2021-yil dekabr oyida Hindiston parlamentiga ko‘rib chiqish uchun erkaklar va ayollar uchun nikohning eng kam yoshini 21 yoshga tenglashtirish rejalashtirilgan qonun loyihasi taqdim etildi. Ammo, hujjat hali yakuniy tasdiqni olmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51519 | Инструменты