Hindistonning Karnataka shtatida mahalliy shifoxona jarrohi operatsiya xonasida kelin va do‘stlari bilan to‘y fotosessiyasini o‘tkazdi. Bu haqda "Times of India" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, operatsiya xonasida to‘y fotosessiyasini o‘tkazgan davlat shifoxonasi shifokori videoni internetga joylashtirgan.
Shuningdek, suratlarda shifokor va do‘stlari operatsiya qilmoqchi bo‘lgan bemorning yonida suratga tushgani tasvirlangan.
Suratlar internetda keng tarqalgach, aholining e’tirozlariga keskin sabab bo‘lgan. Yosh shifokor suratga olish uchun eski operatsiya xonasidan foydalanganini aytib, o‘zini oqlashga urinsa-da, davlat organlari qarori bilan ishdan bo‘shatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101004 | Инструменты