Hizbulloh Isroilga 20 ta PUA va 200 dan ortiq raketa uchirdi

Livandagi Hizbulloh harakati Isroil tomoniga 20 ta uchuvchisiz uchish apparati (PUA) va 200 dan ortiq raketa uchirdi.

The Times of Israel nashrining yozishicha, Hizbulloh Isroil shimolidagi chegara harbiy bazalariga hujum qilgan.

Isroil armiyasi Livan janubidagi Sur shahriga hujum qilib, Livan harakatining dala qo‘mondoni Muhammad Nime Nosir va bir jangchi halok bo‘lganidan bir kun o‘tib Hizbulloh bu qadamni qo‘ydi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning mamlakat shimolidagi Akko shahridagi savdo markaziga zarar yetgan, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Xabar qilinishicha, hujum natijasida bir qancha hududlarda yong‘in kelib chiqqan.

Moviy chiziq bo'ylab keskinlik

2023-yil 7-oktabrdan beri G’azo sektoriga hujumlarini davom ettirgan Isroil shimoliy chegarada Livan Hizbulloh harakati bilan ham to’qnashdi.

So'nggi haftalarda Isroil va Livan o'rtasidagi chegarada "Moviy chiziq" deb ataladigan chiziq bo'ylab keskinlik kuchaymoqda.

18-iyun kuni Isroil armiyasi Livanga ehtimoliy hujum uchun “operativ reja”ni ma’qullaganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats 21-iyun kuni bergan bayonotida Tel-Aviv “Hizbulloh”ga Isroil hududlari va fuqarolariga hujum qilishiga yo‘l qo‘ymasligini, shuning uchun ham yaqin orada kerakli qarorlar qabul qilinishini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70807 | Инструменты