Huawei 1
"Hizbulloh"ning yuqori martabali rahbarlari Isroil hujumida halok bo‘lgani aytilmoqda

28-sentyabr, shanbaga o‘tar kechasi Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL ) Livan janubida “Hizbulloh” raketa bo‘linmasi qo‘mondoni Muhammad Ali Ismoil va uning o‘rinbosari Husayn Ahmad Ismoil yo‘q qilinganini maʼlum qildi. Aytilishicha, ular bilan birga guruhning o‘sha bo‘linmasining yana bir qancha komandirlari yo‘q qilingan.

"Muhammad Ali Ismoil Isroil davlatiga qarshi ko‘plab terrorchilik xurujlari, jumladan, Isroil hududiga raketa hujumi uyushtirish va chorshanba kuni Isroil markaziga “yer-yer” sinfidagi raketa uchirilishi uchun javobgardir", — deyiladi SAHALning Telegram-kanalida.

“Hizbulloh” yetakchisi o‘ldirildimi?

Avvalroq, Isroil harbiylari Livan poytaxti Bayrut chekkasida joylashgan “Hizbulloh”ning markaziy qarorgohiga zarba berilgani haqida xabar qilgan edi. SAHAL matbuot kotibi Daniel Hagariyning aytishicha, “Hizbulloh” qarorgohi Dahiya hududidagi "uy-joylar ostida ataylab qurilgan".

Bir qator Isroil OAV havo hujumi natijasida “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘ldirilgani ehtimoli yuqori ekanligini xabar qilmoqda. Xususan, The Times of Israel gazetasi isroillik amaldorning so‘zlarini keltiradi: «U bunday zarbadan omon qolishini tasavvur qilish juda qiyin». Biroq Reuters va AFP axborot agentliklari guruhdagi manbalarga tayanib, Nasrullohning tirikligi haqida xabar bermoqda. Eronning Tasnim axborot agentligi ham guruh rahbari “xavfsiz” ekanini daʼvo qildi.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, Isroilning 27 sentyabr kuni uyushtirgan hujumi natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, yana 76 kishi jarohatlangan, deb xabar beradi dpa.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92815 | Инструменты