AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, Chem Ranger tankeriga ikkita ballistik raketa uchirilgan, biroq ular nishonga tegmagan.
Arab dengizidagi Adan ko‘rfazida husiylar Amerika kompaniyasiga qarashli Chem Ranger tankeriga ikkita ballistik raketa uchirdi. Bu haqda 19-yanvar, juma kuni erta tongdan deb AQSh Markaziy qo‘mondonligi X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
"Ekipaj raketalarning kema yonidagi suvga urilganini ko‘rdi. Jarohatlanganlar va kemaga zarar yetgani haqida xabarlar yo‘q. Kema harakatda davom etdi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, voqea 18-yanvar kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Chem Ranger tankeri Marshall orollari bayrog‘ini ko‘tarib yurgan va uni yunon kompaniyasi boshqargan.
Avvalroq 17-yanvar kuni AQSh harbiylari, Markaziy qo'mondonlik ma'lumotlariga ko'ra, "navigatsiya erkinligini himoya qilish va Qizil dengizdagi AQSh hamda hamkor kemalarga hujumlarning oldini olish bo'yicha davom etayotgan ko'pmillatli sa'y-harakatlar asosida" husiylarga tegishli 14 ta raketa yo'q qilingan edi.
AQSh husiylarni global terrorchi tashkilotlar deb e’lon qildi
Markaziy qoʻmondonlikning taʼkidlashicha, zarbalar husiylarning “Qizil dengiz, Bob al-Mandeb boʻgʻozi va Adan koʻrfazidagi xalqaro va tijorat kemalariga oʻylamasdan hujumlarini davom ettirish” imkoniyatini cheklaydi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Vashington husiylarni global miqyosda faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga qaytarganini eʼlon qilgan edi. Bu qaror Yaman isyonchilarining Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujumlari davom etayotganiga javoban qabul qilindi, dedi Oq uy.
AQShning husiylarni ikkala ro‘yxatga qo‘shish haqidagi qarori 30 kundan keyin kuchga kiradi. Bu vaqt ichida AQSh rasmiylari BMT va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Yaman aholisi uchun sanksiyalar oqibatlarini minimallashtirish maqsadida insonparvarlik yordami – oziq-ovqat, dori-darmon va Yaman portlariga yoqilg‘i yetkazib berish qoidalarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Yamanda 2014-yildan beri fuqarolar urushi davom etmoqda. Aholining asosiy qismi husiylar nazorati ostidagi hududlarda istiqomat qiladi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, millionlab yamanliklar ochlikdan aziyat chekmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52502 | Инструменты