Huawei 1
Iflos havo bir kunda ikki mingga yaqin bolaning o‘limiga sabab bo‘lmoqda — YUNISEF

Havoning global miqyosda ifloslanishi bolalar o‘limining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda - har kuni 2 mingga yaqin voyaga etmaganlar shu sababdan vafot etadi. Bunday ma’lumotlar BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ekspertlari tomonidan dunyo havosining holati bo‘yicha yangi yillik hisobotida keltirildi. Hisobot jamg‘armaning rasmiy saytida e’lon qilindi.

YUNISEF hisob-kitoblariga ko‘ra, iflos havo omili barcha yosh qurbonlarining 12 foizini tashkil qiladi, bu esa tahdidni o‘limning ikkinchi asosiy sababiga aylantirdi.

Havoning ifloslanishi tamaki iste’moli va noto‘g‘ri ovqatlanishdan o‘tib ketib, o‘lim darajasi bo‘yicha yuqori qon bosimidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Hujjatda 2021-yil uchun ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida iflos havo qurbonlarining umumiy soni 8,1 million kishidan ortiqni tashkil qilgan. Ulardan 700 mingdan ortiq bolalar besh yoshga to‘lmasdan vafot etgan. Hisobotda aytilishicha, dunyoda deyarli hamma har kuni havoning nosog‘lom darajada ifloslanishidan nafas oladi.

Diametri 2,5 mikrometr (PM2.5) bo‘lgan mikrozarralar havoning ifloslanishi tufayli o‘limning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62723 | Инструменты