Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Oqtovda halokatga uchragan Embraer 190 samolyoti “yerdan o‘qqa tutilishi natijasida” shikastlanganini aytdi. Bu haqda prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ozarbayjon prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy versiya qora qutilar ochilgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Ammo dastlabki taxminlar ham yetarli darajada asoslangan va faktlarga asoslangan.
“Faktlar shundan iboratki, Ozarbayjon fuqarolik samolyoti Rossiya hududida, Grozniy shahri yaqinida tashqi ta’sir oqibatida shikastlangan va deyarli boshqaruvni yo‘qotgan. Shuningdek, bizning samolyotimiz radioelektron kurash vositalari yordamida boshqarib bo‘lmaydigan holatga tushirilganini ham bilamiz. Bu samolyotga yetkazilgan birinchi zarar hisoblanadi”, dedi u Ozarbayjon televideniyesiga bergan intervyusida ta’kidladi.
Prezident, shuningdek, yerdan o‘t ochilgani oqibatida samolyotning dum qismi ham jiddiy shikastlanganini aytdi.
29-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan suhbat chog‘ida AZAL samolyoti bilan sodir bo‘lgan fojiali voqea uchun uzr so‘radi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10113 | Инструменты