Huawei 1
Ilon Mask Ukrainani X'ga yirik kiberhujum uyushtirganlikda gumon qilmoqda

X mikrobloglar xizmati 10 mart, dushanba kuni katta uzilishga duch keldi. «Bu X'ga qarshi ommaviy kiberhujum edi (va shundaydir). Bizga har kuni hujum qilinmoqda, ammo bu katta resurslar bilan tashkil etilgan», — deya izoh berdi X egasi Ilon Mask vaziyatga.

Amerikalik milliarder hujum ortida «katta muvofiqlashtirilgan guruh yoki davlat» turganini taxmin qildi. Keyinroq Mask Fox Business kanaliga bergan intervyusida kiberhujum Ukrainada joylashgan IP manzillardan amalga oshirilganini aytdi.

X'da foydalanuvchilardan biri ommaviy uzilish Ilon Maskning Hukumat samaradorligi bo‘yicha departamentiga (DOGE) qarshi ommaviy norozilik va Tesla do‘konlariga hujumlar bilan bog‘liqligini aytdi, ammo hech qanday dalil keltirmadi. Shu bilan birga, avvalroq AQSh, Ukraina, BAA va Isroildagi veb-saytlar va tashkilotlarga bir necha bor hujum qilgan Falastin tarafdori bo‘lgan Dark Storm Team hakerlar guruhi allaqachon X ijtimoiy tarmog‘ining ishdan chiqishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Downdetector.com ma’lumotlariga ko‘ra, X ishida uzilishning eng yuqori nuqtasi Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 15:00 da sodir bo‘lgan. Ayni paytda xizmatning 40 000 ga yaqin foydalanuvchilari sayt va X ilovasiga kira olmayotganliklari yoki kontentni yuklashda muammolarga duch kelayotganliklari haqida shikoyat qilishgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31208 | Инструменты