Milliarder agar onlayn ensiklopediya nomini o‘zgartirsa xayriya qilish taklifini aytib o‘tgan.
Ilon Mask agar nomi o‘zgarsa, “Wikipedia” onlayn ensiklopediyasiga xayriya qilishni taklif qildi. Bu haqda u “X"dagi sahifasida yozgan.
“Agar ular nomni Dickipedia deb o‘zgartirsalar, men ularga milliard dollar beraman”, — deb yozgan Mask.
Jurnalist Ed Krassenshteyn tashkilotni rozi bo‘lishga undadi: “Buni qiling. Har doim nomni qaytarishingiz mumkin”
“Siz hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima uchun “Wikimedia” jamg‘armasi bunchalik ko‘p pul istaydi? Bu, albatta, “Wikipedia"ning ishlashi uchun emas. Siz tom ma’noda butun matnning nusxasini telefoningizga sig‘dira olasiz! Xo‘sh, pul nimaga kerak?” — deydi tadbirkor.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11900 | Инструменты