Terroristik tashkilot yangi rahbari kimligini e’lon qilgan
“Islomiy davlat” (ISHID) yetakchisi Abu al-Hasan al-Hoshimiy al-Qurayshiy yo‘q qilindi. Bu haqda terrorchilik guruhi ma’lumotiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Terroristik tashkilot o‘zining yangi rahbari etib Abu al-Husayn al-Husayniy al-Qurayshiyni tanlaganini ma’lum qildi.
Marhum xalqaro terrorchi 45 yoshda edi. U 2022-yil 3 fevralda AQSH maxsus kuchlari tomonidan Suriyada yo‘q qilingan Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy o‘rniga ISHID rahbari etib tayinlangandi. Bayden mazkur operatsiyada AQSH harbiylari Atma shahri yaqinidagi uyni qamal qilib, vertolyotlarda yetib kelganini aytgan. Operatsiya davomida ISHID yetakchisi o‘z joniga qasd qilgandi.
Ma’lumot uchun, ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122817 | Инструменты