Huawei 1
Isroil armiyasi Livandagi tinchlikparvar kuchlar bazasiga bostirib kirdi

Isroil armiyasi Livanda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tinchlikparvar kuchlarining bazasiga bostirib kirdi, kamida 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Isroil qo‘shinlari tank yordamida bazaning asosiy darvozasini buzgan. 

“Biz Isroil armiyasi va barcha ishtirokchilarga BMT xodimlari hamda mol-mulk xavfsizligini ta’minlash, BMT binolarining daxlsizligini doimo hurmat qilish majburiyatini eslatamiz”, deyiladi Livandagi BMT vakillari bayonotda.

Bazaga hujum Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni tinchlikparvar kuchlarni “zarba ostidan darhol olib chiqishga” chaqirganidan so‘ng yuz bergan.

Isroil Livan janubida “Hizbulloh”ga qarshi kampaniyasini kuchaytirar ekan, BMTning 10 ming kishilik tinchlikparvar kuchlari tobora hujumga uchramoqda. So‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan janglarda tashkilotning kamida 5 nafar tinchlikparvar askari yaralangan.

So‘nggi bir yil ichida Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi mojaro qurbonlarining umumiy soni 2255 kishini tashkil etgan, 10 mingdan ortiq odam yaralangan. Sentyabr oyi o‘rtalaridan beri esa 1400 dan ziyod kishi halok bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101419 | Инструменты