Isroil havo kuchlari Bayrutga yangi havo hujumi uyushtirdi. Bu Rafiq Hariri xalqaro aeroporti yaqinida sodir bo'ldi. Isroil havo kuchlarining hujumi natijasida shahar infratuzilmasi zarar ko'rgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Zarba havo bandargohidan bir necha o'n metr uzoqlikda joylashgan ko'p qavatli binoga urildi. Voqea Livan poytaxti Shuvayfat al-Amrousiya hududida yuz bergan.
Qayd etilishicha, Isroil zarbasi vaqtida fuqaro samolyoti aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo'nyotgan bo'lgan.
Zarbalar bir kun avval Isroil havo kuchlari Livan va Suriya o‘rtasidagi qurol kontrabandasi yo‘llariga hujum qilganidan ko‘p o‘tmay amalga oshirilgan. Zarba “Hizbulloh” terror tashkilotiga qurol yetkazib berilayotgani sabab bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111516 | Инструменты