2025 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro ro‘yxatiga kirmaydigan kompaniyalardan quyosh panellari, invertorlar va elektr energiyasini saqlash tizimlarini import qilish taqiqlanadi. Bu prezidentning 11 sentyabrdagi farmonida (jamoatchilik uchun ochiq eʼlon qilinmagan) ko‘zda tutilgan, deya xabar berdi Gazeta.uz.
BNEF Tier-1 ro‘yxati Energetika vazirligi va Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytlarida muntazam eʼlon qilib borilishi va har oyda yangilab borilishi kerak.
Ushbu ro‘yxat Bloomberg New Energy Finance Corp (BNEF) tomonidan yaratilgan reyting bo‘lib, kompaniyalarning kredit qobiliyati va kredit olish uchun bank talablariga muvofiqligini baholaydi. BNEF o‘z ro‘yxatini har chorakda yangilaydi, shuning uchun kompaniyalar doimiy ravishda ro‘yxatga kiritiladi va undan chiqariladi. Tier-1 maqomi quyosh panellari yetkazib beruvchisining moliyaviy barqarorligini ko‘rsatsa-da, u ishlab chiqarish sifati yoki panellarning chidamliligi reytingini bermaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111520 | Инструменты