Huawei 1
O'zbekiston elchisi Yevropa kengashi Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari, elchi G'ayrat Fozilov Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelga o'zining ishonch yorliqlarini topshirdi. 

Marosim doirasida bo'lib o'tgan suhbat chog'ida O'zbekiston-Yevropa munosabatlari kun tartibidagi bo'lajak tadbirlarga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yevropa kengashi Prezidenti O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi, umuman, Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlikning bugungi holatiga ijobiy baho berdi. U O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning pragmatik va yaxshi qo'shnichilik siyosati Markaziy Osiyoda ijobiy o'zgarishlarga olib kelgani, mintaqani barqaror rivojlanish va farovonlik yo'lida birlashtirganini alohida ta'kidladi.

Sharl Mishel, shuningdek, so'nggi yillarda birgalikdagi ishlar natijasida O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarilganini qayd etdi. YI Yevropa va O'zbekiston o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga katta ahamiyat qaratishi tasdiqlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111519 | Инструменты