Huawei 1
Bloomberg: Tramp g‘alabasidan keyin Janubiy Koreya Ukrainaga qurol jo‘natish haqidagi fikrini o‘zgartirdi

Donald Tramp AQShdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng, Janubiy Koreya hukumati Ukrainaga qurol yetkazib berish imkoniyatini qayta ko‘rib chiqmoqda, chunki ular endi respublikachining pozitsiyasini hisobga olishlari kerak, deb yozadi Bloomberg Janubiy Koreyaning ikki rasmiysiga tayanib. So‘nggi bir necha hafta ichida Seul Rossiya va KXDR o‘rtasidagi yaqinlashish munosabati bilan yetkazib berish imkoniyatini tan oldi.

Bloomberg suhbatdoshlaridan biri Janubiy Koreya Donald Trampning mojaro bo‘yicha pozitsiyasi boshqa mamlakatlarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga qanday ta’sir qilishini kuzatayotganini aytdi. Ayni paytda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yol mamlakat ittifoqchilari bilan hamkorlikda Kiyevga ko‘makni kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi. U tafsilotlarga aniqlik kiritmadi.

Oktyabr oyi oxirida Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yon Xyon Shimoliy Koreya qo‘shinlarini Rossiyaga o‘tkazish taklif qilinganidan tashqari, Pxenyan Moskvani raketa va o‘q-dorilar bilan ta’minlayotganini aytdi. Janubiy Koreyaning munosabati, vazirning so'zlariga ko'ra, ko'p jihatdan Rossiya Shimoliy Koreyaga qanday "o'zaro xizmat" ko'rsatishiga bog'liq. Gap, jumladan, Ukrainaga halokatli qurollar yetkazib berish haqida bormoqda. Janubiy Koreya shu kungacha Ukrainaga faqat halokatli bo‘lmagan qurollarni jo‘natgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111518 | Инструменты