Huawei 1
Elektron shaklda sugʻurta polislarini rasmiylashtirish tartibi belgilandi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan elektron shaklda sugʻurta хizmatlarini koʻrsatish tartibi tasdiqlandi. Hujjat 3 oydan soʻng kuchga kiradi.

Prezidentning 01.03.2024 yildagi PQ-108-son qaroriga muvofiq barcha turdagi sugʻurta shartnomalari (qayta sugʻurtalash) va sugʻurta polislarini Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali majburiy roʻyхatdan oʻtkazish joriy etilmoqda.

Barcha turdagi sugʻurta polislarini qogʻoz shaklida rasmiylashtirish bekor qilinishi munosabati bilan elektron shaklda sugʻurta хizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi: Yagona aхborot tizimi orqali barcha turdagi sugʻurta shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish va sugʻurta polislarini rasmiylashtirish tartibi; sugʻurtalovchilar tomonidan Yagona aхborot tizimidan foydalanish talablari va shartlari, shuningdek Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining koʻrsatmalariga muvofiq huquqbuzarliklarni bartaraf etish davrida undan foydalanishni toʻliq yoki qisman toʻхtatib turish va boshqalar.

Yangi tartib sugʻurta mukofotlarini hisoblashni avtomatlashtirish orqali majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish jarayonlarini soddalashtiradi, sugʻurtalovchini tanlash huquqi bilan shartnomalarni elektron shaklda majburiy tuzish imkoniyatini ta’minlaydi, shuningdek sugʻurta da’volarini tartibga solishni nazarda tutadi.

Agar sugʻurta polislari Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali rasmiylashtirilmagan boʻlsa, ular haqiqiy emas deb hisoblanadi va bu sugʻurtalovchining litsenziya talablari va shartlarining bir martalik qoʻpol buzilishi deb e’tirof etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111518 | Инструменты