Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Eronning raketa hujumiga izoh berdi.
U Isroil hududiga berilgan zarbalarni “katta xato” deb atadi va Tehron o‘z harakatlari uchun tovon to‘lashini aytdi.
“Bugun tunda Eron yana yuzlab raketalar bilan Isroilga hujum qildi. Bu hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Isroil havo mudofaasi sababli buning oldi olindi. Eron bugun katta xatoga yo‘l qo‘ydi va buning uchun javob beradi”, dedi Netanyaxu.
Uning ta’kidlashicha, Eron tomoni Isroilning “o‘zini himoya qilish va dushmanlardan o‘ch olish qat’iyatini tushunmaydi”.
Benyamin Netanyaxu Isroil yagona qoidaga amal qilishini qo‘shimcha qilgan:
“Kim bizga hujum qilsa, biz ham unga hujum qilamiz”.
Bosh vazir, shuningdek, Isroil armiyasiga mamlakat xavfsizligini ta’minlagani uchun, shuningdek, Eron raketalarini urib tushirishda yordam bergani uchun AQSHga minnatdorchilik bildirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты