Huawei 1
Isroil Eronning yadroviy inshootlariga zarba bermaydi

Isroil Eronga javob zarbasi berishda yadroviy yoki neft obyektlarini emas, balki harbiy obyektlarni nishonga oladi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH prezidenti Jo Baydenga ma’lum qildi.

Ikki yetakchi o‘rtasida 9-oktyabr kuni telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan. Isroilning faqat Eron harbiy obyektlariga hujum qilish rejasi Vashingtonda “yengillik” bilan kutib olingan.

Tahlilchilar xavotiriga ko‘ra, Eron neft obyektlariga hujum dunyoda energiya narxlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi, yadroviy obyektlarga zarba esa vaziyatni yanada keskinlashtirib, AQSHni mojaroga tortishi mumkin edi. Bayden ilgari Isroilni “boshqa variantlarni o‘ylash”ga chaqirgandi.

Netanyaxuning “bir muncha vazminroq pozitsiyasiga” AQSH ularga THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini yuborish to‘g‘risidagi qarori ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

Pentagon 13-oktyabr kuni Isroilda THAAD batareyasi joylashtirilishi haqida ma’lum qildi. Isroilning Eronga hujumi 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlarigacha amalga oshirilishi mumkin.

Agar Isroil o‘z hududining keng miqyosli o‘qqa tutilishiga javob bermasa, Tehronda buni “zaiflik belgisi” sifatida talqin qilishlari mumkin, deb yozadi The Washington Post.

Bundan tashqari, AQSH bilan maslahatlashuvlar davomida Isroil Livandagi harbiy operatsiyalarini “yaqin haftalar ichida” to‘xtatishini aytgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101514 | Инструменты