Huawei 1
Isroil falastinlik qochqinlar yashayotgan G‘azodagi kasalxonaga zarba berdi

Isroil armiyasi 14-oktyabr kuni falastinlik qochqinlar boshpana sifatida foydalanayotgan Al-Aqso kasalxonasiga hujum qildi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohatlandi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Yahudiy harbiylari, dalil keltirmasdan, tinch aholi orasida yashiringan jangchilarni nishonga olganini aytdi. So‘nggi oylarda ular gavjum boshpanalar va chodirlarga bir necha bor zarba berib, HAMAS jangchilari ulardan hujumlarni uyushtirish uchun foydalanganini da’vo qilgan.

Al-Aqso kasalxonasi allaqachon yaqin atrofdagi boshpanaga aylantirilgan maktabga qilingan hujum oqibatida yaralangan odamlarni davolashga qiynalayotgandi. Maktabga hujumda kamida 20 kishi halok bo‘lgandi. Ayni paytda, erta tongda kasalxonaga hujum oqibatida ko‘plab chodirlar yonib ketgan. 25 kishi og‘ir kuyish jarohati bilan G‘azo janubidagi Nasser shifoxonasiga ko‘chirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101419 | Инструменты