Isroilning Yamandan uchirilgan va Eylat shahri tomon uchayotgan hutiylar ballistik raketasini urib tushirgani koinotdagi birinchi jangga aylandi. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashri yozmoqda.
“Isroil shu hafta Yer atmosferasidan tashqarida ballistik raketani urib tushirish uchun “Arrow” raketaga qarshi mudofaa tizimidan foydalangan, bu koinotdagi ilk jang bo‘ldi”, deb yozadi gazeta.
Bundan tashqari, gazetaning yozishicha, bu AQSh va Isroil tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan Arrow raketalarga qarshi mudofaa tizimidan o'zining asosiy maqsadi, ya'ni uzoq masofali ballistik raketani yuqori balandlikda urib tushirish uchun birinchi marta ishlatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12116 | Инструменты