«Trampdan qochayotgan» (uning siyosatidan norozi bo‘lib mamlakatni tark etayotgan) amerikaliklarga Italiyaning Sardiniya orolida 1 yevroga uy sotib olish taklif qilinmoqda.
Bu yerga ko‘chib kelishga 30 ming kishi qiziqish bildirdi, deb yozdi The Guardian Sardiniyaning Ollolai shahri meri Franchesko Kolomboga asoslanib.
Hokimning tashabbusi bilan sayt ochilib, amerikaliklarga «Sardniyadagi jannatda yevropacha ta’til»ni rejalashtirish taklif etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, tashabbusdan maqsad «AQShning siyosiy ishlariga aralashish emas», balki 1 150 kishi yashovchi Ollolaiga sarmoya kiritish va ish o‘rinlari yaratishdir.
Nashr yozishicha, loyiha boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun ham ochiq, biroq amerikaliklardan tushadigan murojaatlar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi. Dastur doirasida uch xildagi uy-joy taklif qilinadi: muayyan toifadagi fuqarolar uchun bepul uylar, 1 yevroga — ta’mirtalab ko‘chmas mulk hamda yashash uchun tayyor, narxi 100 ming yevrogacha bo‘lgan uylar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112709 | Инструменты