Huawei 1
Janubiy Koreya mehnat vizalarini berishni rekord darajada oshirmoqchi

Koreya kelgusi yili ko‘plab sohalarda ishchi kuchi yetishmovchiligi kuchayib borayotgani sababli Mehnatga ruxsat berish tizimi (EPS) bo‘yicha rekord darajadagi 165 ming mehnat muhojirini jalb qiladi. Bu haqda Yonhap xabar bermoqda.

Hukumat, shuningdek, Ye-9 vizasiga ega xorijiy ishchilar ishlashi mumkin bo‘lgan sohalarni kengaytirib, restoran, tog‘-kon sanoati va o‘rmon xo‘jaligini ham qo‘shadi.

Ye-9 vizasi mehnatga ruxsatnoma tizimi (Employment Permit System - EPS) orqali qo‘lda va kasbiy bo‘lmagan ish bilan shug‘ullanishni istagan ishchilarga beriladi. Ushbu vizani 16 davlat, jumladan Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari olishlari mumkin.

Ishlab chiqarishda Ye-9 vizasi egalarining eng ko‘p soni - 95 000 ta, qishloq xo‘jaligi va chorvachilikda - 16 000 ta, xizmatlar ko‘rsatish sohasida - 13 000 ta, baliqchilikda - 10 000 ta, qurilishda - 6 000 ta va kemasozlikda - 5 000 ta bo‘ladi, qolgan 20 000 viza sohasidan qat’i nazar taqsimlanadi, deb qo‘shimcha qildi vazirlik.

Janubiy Koreyaga Ye-9 vizasi bilan kirgan muhojirlar soni 2021 yilda 52 ming va 2022 yilda 69 ming bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda 120 mingga yetdi.

Izohlar: 14
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты