Huawei 1
Janubiy Koreya razvedkasi: KXDR Kim Chen In va uning qiziga suiqasddan xavotirda

Shimoliy Koreya Kim Chen Inga suiqasd uyushtirilishi mumkinligidan xavotirlar tufayli uning xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda, deya Janubiy Koreya razvedkasi maʼlumotlariga tayanib Yonhap agentligi xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, otasi bilan tobora ko‘proq ko‘rinish berayotgan KXDR yetakchisining qizi Kim Chju Ening maqomi ham oshgan.

Parlament yig‘ilishida Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati (NIS) olingan ma’lumotlarni taqdim etgan. NIS’ning taʼkidlashicha, yil boshidan buyon Kim Chen In 110 marta omma oldiga chiqqan, bu 2023-yilga nisbatan qariyb 60 foizga ko‘pdir.

“Uning hayotiga suiqasdlarning oldini olish uchun aloqaga xalaqit beruvchi maxsus vositalar, shuningdek, dronlarni aniqlash uchun uskunalar qo‘llanmoqda”, deya aniqlik kiritgan Janubiy Koreya razvedkasi.

NIS, shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisining qizi uning merosxo‘ri sifatida o‘qitilayotganini ta’kidlagan. Qayd etilishicha, Kim Chju E o‘z faolligini, jumladan, partiya tadbirlaridagi ishtirokini bosqichma-bosqich oshirib bormoqda. U, shuningdek, Rossiyaning KXDRdagi elchisi bilan bevosita gaplashgan, rasmiy fotosuratlarda u va uning otasi shaxsiy tansoqchilar tomonidan qo‘riqlanganini ko‘rish mumkin.

Kim Chju E 2022-yil noyabr oyida otasi bilan tantanali va harbiy tadbirlarda qatnasha boshlagan edi. Janubiy Koreya mart oyida Kim Chen In o‘zining vorisi sifatida qizini tanlagani haqida xabar bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103017 | Инструменты