Toshkentda «Jahon kriminologiyasining ilg‘or tajribalari» mavzusida I xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Kriminologiya tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Vengriya, Koreya, Rossiya, Hindiston, Belarus kabi davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan vakillar, shuningdek, mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, olimlar ishtirok etmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev, Kriminologiya tadqiqot instituti boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev mamlakatimizda kriminologiya sohasi islohotlarga mutanosib ravishda rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilgani bu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Tadbirda ishtirokchilar kriminologiya bo‘yicha erishilayotgan eng ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashmoqda. Forum doirasida Vengriya, Qozog‘iston, Germaniya Hamkorlik jamiyati (GIZ), Chernogoriya, Rossiya, Yaponiya Xalqaro hamkorlik jamiyati (JICA), Hindiston vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari va hamkorlik dasturlarini imzolash ko‘zda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103019 | Инструменты