Huawei 1
Markaziy bank tashabbusi bilan 31-oktyabr – Butunjahon jamg‘arish kuni doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda "Trastbank"  ham faol ishtirok etdi

Markaziy bank tashabbusi bilan 31-oktyabr – Butunjahon jamg‘arish kuni doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda "Trastbank"  ham faol ishtirok etdi.

O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, qolaversa, Farg‘ona, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan ochiq darslar o‘quvchi-yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratildi. Bank mas’ullari tomonidan shaxsiy byudjetni rejalashtirish, jamg‘armalarning ahamiyati va investitsiya imkoniyatlari, raqamli moliyaviy savodxonlik hamda omonatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ochiq darslarda interaktiv o‘yinlar ham o‘tkazilib, yigit-qizlar moliya va jamg‘armalar haqidagi savollarga javob berishdi. Faol ishtirok etganlarga esa "Trastbank"ning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, "Evrika Bilimdon" nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun Bankning Amaliyot boshqarmasida ekskursiya tashkil etildi. O‘quvchilar moliya muassasasining faoliyati bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103017 | Инструменты