Janubiy Sudanda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. 18 kishi halok bo‘ldi, uch nafarining ahvoli og‘ir, deb xabar beradi Miraya radiosi (BMT missiyasiga tegishli) X ijtimoiy tarmog‘ida.
21 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot Unity neft konidan havoga ko‘tarilayotganda halokatga uchragan. Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar uchuvchi ham bor. Halokat sabablariga aniqlik kiritilmagan.
Eye Radio manbasi ma'lumotlariga ko'ra esa, kamida 19 kishi halok bo'lgan. Samolyotda muhandislar, jumladan, ikki Xitoy va bir Hindiston fuqarosi bo‘lganligi aytilgan. Voqea guvohining radiostansiyaga aytishicha, samolyot parvozdan taxminan o‘n daqiqa o‘tib qulagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13022 | Инструменты