Huawei 1
Jeff Bezos boyligining katta qismini hayriya ishlariga sarflamoqchi

Dunyoning eng boy odamlaridan biri, Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos boyligining katta qismini hayriya ishlariga sarflamoqchi ekanligini ma’lum qildi. Milliarder bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o'tgan.

Telekanal muxbirining “Boyligingizni katta qismini umringiz davomida xayriya qilmoqchimisiz?” degan savoliga Bezos: “Ha”, deb javob berdi.

Milliarder mablag’ining salmoqli qismini iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va “insoniyatni chuqur ijtimoiy va siyosiy bo‘linishlar oldida birlashtira oladigan” odamlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishini ta’kidladi.

Bezosning bayonotining tafsilotlari aniq bo’lmasa-da, u pulining katta qismini hayriya uchun rejalashtirayotganini birinchi marta omma oldida e'lon qilmoqda.

Eslatib o’tamiz, avval odamlar Bezosni “Giving Pledge” guruhiga qo'shilmagani uchun tanqid qilgan edi. “Giving Pledge”ga ikki milliarder - Microsoft asoschisi Bill Geyts va Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffet tomonidan asos solingan. Ushbu tashabbus ishtirokchilari o'z boyliklarining katta qismini xayriya ishlariga berishni ochiqchasiga va'da qiladilar.

Shu bilan birga Bezos o‘zining Bezos Earth Fund xayriya jamg‘armasiga ega bo‘lib, unga tadbirkor 10 yil davomida 10 milliard dollar xayriya qilgan. Bu uning hozirgi boyligining qariyb 8 foizini tashkil etadi, deya ta’kidladi CNN.

Hozirda biznesmenning boyligi 124 milliard dollar bo’lib, u Forbes ro’yxatining 4-orinini egallab turibdi. 2 yil oldin esa Bezos dunyoning eng boy odami edi. Hozirgi kunda ushbu reytingda birinchi o’rinni Ilon Mask egallagan.

Avvalroq Bloomberg dunyodagi eng boy oilalar reytingini e'lon qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92901 | Инструменты