JSST Hindistondagi Maiden Pharmaceuticals korxonasi ishlab chiqargan 4 ta yo‘tal siropi Gambiyada 66 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
BMT ning sog‘liqni saqlash agentligi, bu dorilar G‘arbiy Afrika mamlakatidan tashqarida tarqatilgan bo‘lishi mumkinligi va xavf faqatgina Gambiya bilan chegaralanmaganligi haqida prognoz qildi.
JSST ma’lum qilishicha, bular chaqaloqlardagi yo'tal va shamollashni davolovchi siroplar hisoblanadi. Ular o‘tkir buyrak shikastlanishi va bolalar orasida o‘limga sabab bo‘lgan.
Ayni paytda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti kompaniya va Hindistondagi mas’ul idoralar bilan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13012 | Инструменты