JSST: Remdesivir va interferon samarasiz ekan. Insoniyatni qiyin davr kutmoqda
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreyesusning ma’lum qilishicha, kelgusi bir necha oy mobaynida pandemiya juda qiyin o’tadi. "Ayniqsa, Shimoliy yarim sharda yashovchi odamlar, pandemiyaning chorrahasida turibdi. Kelgusi bir necha oy juda og’ir bo'ladi va ba'zi mamlakatlar xavfning markazidalar”, dedi Gebreysyus.
Uning so'zlariga ko'ra, ko'plab mamlakatlarda kasallikning keskin o'sishi kuzatilmoqda.
Avvalroq JSST rahbari deksametazon dori vositasini virusni davolashda samarali ekanini aytgan edi. “Ayni damda deksametazon dori vositasi bemorlarni davolashda yagona samarasi isbotlangan dori bo’lib qolmoqda”, dedi Tedros Gebresyus.
Shu bilan birga, Gebreyesusning so’zlariga ko’ra, infeksiyani yuqtirgan og’ir bemorlarni davolashda umid qilingan ikkita dori - remdesivir va interferon o’z samarasini bermagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43017 | Инструменты