Huawei 1
JSST yanglishgan bo’lishi mumkinligini tan oldi

Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti koronavirusning mayda zarralar orqali yuqishi bo’yicha bir guruh olimlar tomonidan ilgari surilgan nazariya to’g’ri bo’lishi mumkinligini tan oldi.

Dushanba kuni jahonning 32 davlatidan 239 nafar mutaxassis ochiq xat orqali JSSTdan o’z tavsiyalarini qayta ko’rib chiqishni talab qilgan edilar.

Bugungi kungacha JSST koronavirus insonga nafas olish yo’llaridan aks urganda, yoki yo’talganda ajraladigan yirik tomchilar orqali yuqadi degan hulosani ilgari surib kelmoqda edi.

Agarda ushbu faktlar o’z tasdig’ini topsa, hukumatlar tomonidan virusga qarshi kurash mexanizmini o’zgartirib yuborishi mumkin. Bunda ijtimoiy masofa qoidalarining ham ahamiyati qolmaydi.

Shu bilan birga tashkilot ushbu masalani yanada chuqurroq o’rganib chiqib, yaqin kunlarda yakuniy javob berishini ma’lum qildi.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Muhammadtursun
    0
    Muhammadtursun 3 yil avval

    Odingidan xavfli boʻmedi. Anigʼini topishsa kasallar soni kamayadi

  • Azimov SH.
    2
    Azimov SH. 3 yil avval

    Demak , yangi ma'lumotlarga suyanadigan bo'lsak KARONAVIRUSga qarshi kurashish oldingidanda havfli va kuchliroq bo'ladi.


Tepaga