Huawei 1
KXDR Janubiy Koreyaga olib boradigan yo‘llarni portlatib yubordi

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga olib boradigan yo‘llarning bir bir qismini portlatib yubordi. Bu haqda Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

“Shimoliy Koreya taxminan tush payti harbiy demarkatsiya chizig‘idan shimoldagi yo‘l qismlarini portlatib yubordi”, deyiladi Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi bayonotida.

Ta’kidlanishicha, gap yarimorolning g‘arbi va sharqidagi transport liniyalari haqida ketmoqda. Janubiy Koreya harbiylari portlashga javoban tayyorgarlik va kuzatuvni kuchaytirmoqda.

Kim Chen In xavfsizlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

KXDR rahbari Kim Chen In mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish “suverenitetni buzish bo‘yicha jiddiy provokatsiyaga” bag‘ishlangan. Bir necha kun avval KXDR Janubiy Koreyani tashviqot varaqalari tushirilgan dronlarni uchirishda ayblagandi.

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi 3, 9 va 10-oktyabr kunlari Pxenyanda Janubiy Koreyaning dronlari aniqlangani va ulardan KXDR hukumatiga qarshi targ‘ibot varaqalari tashlangani haqida ma’lum qildi. TIV bu “ikki mamlakat o‘rtasida urushga” olib kelishi mumkinligini bildirib, “provokatsiyani to‘xtatish”ni talab qildi. Janubiy Koreya KXDRga dronlar uchirganini inkor etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101514 | Инструменты