Huawei 1
KXDR uchirgan chiqindi sharlari Seuldagi prezident majmui ustida yorildi

KXDRdan yuborilgan chiqindi sharlaridan biri Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi prezidentlik majmuasi ustida yorilib ketdi.

Yonhap agentligining Janubiy Koreya armiyasiga tayanib xabar berishicha, KXDRdan yana chiqindi sharlar uchirilgan.

O‘z navbatida, Janubiy Koreya prezidentining Xavfsizlik xizmati Shimoliy Koreyadan uchirilgan havo sharlaridan biri Janubiy Koreya prezidenti majmui ustida yorilib ketgani, havo sharining qoldiqlari esa binoga tushgani haqida xabar bergan.

Qayd etilishicha, chiqindi Janubiy Koreya Bosh shtabi koordinatsiyasida yig‘ilgan va unda xavfli moddalar bo‘lmagan. 

So‘nggi voqea sodir bo‘lgan paytda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yol majmuada bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha ma’lum emas.

Janubiy Koreyaning “Dong-A Ilbo” nashri xabar berishicha, KXDRning so‘nggi chiqindi ortilgan havo sharlarida prezident va uning rafiqasi Kim Kyon Xini tanqid qiluvchi targ‘ibot varaqalari bo‘lgan.

Nashr varaqalar Seulning Yonsan tumanida, Yunning prezidentlik idorasi joylashgan hududlarda tarqalgani va Shimoliy Koreya yaqinda GPS texnologiyasidan havo sharlarini belgilangan joylarga aniqroq tushirish uchun foydalana boshlaganini taʼkidlagan.

Janubiy Koreya prezidentining xavfsizlik xizmati ushbu xabarni darhol tasdiqlamagan.

KXDR may oyi oxiridan beri Sovuq urush uslubidagi yangilangan psixologik kampaniya doirasida Janubiy Koreyaga chiqindi ortilgan sharlarini yubormoqda. Iyul oyida Janubiy Koreya prezidenti qarorgohiga tushgan chiqindilar tarkibida xavfli moddalar bo‘lmagan va hech kim jabrlanmagan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102514 | Инструменты