Huawei 2
Lukashenko raqiblariga «oyoq ostida o`ralashmaslikni» maslahat berdi

Belarus Republikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko o`z xalqiga bo`lgan murojaatida raqiblariga «oyoq ostida o`ralashmaslikni» maslahat berdi.

«Agarda qo`lingizdan biror ish kelmasa, yoki tayyor bo`lmasangizlar, chetga o`ting, xalaqit bermanga, oyoq ostida o`ralashmang, davlatni saqlab qolishga menga imkon bering. Bir yoki ikki yildan so`ng vaziyatni nazoratga olamiz albatta, ammo bugun xis-tuyg`uga berilib birorta ishni amalga oshirib bo`lmaydi», — dedi Lukashenko.

Lukashenkoning ta`kidlashicha, hukumat xalqning istalgan qarorini ma`qullaydi, ammo sotqinlikni qabul qila olmaydi.

Belarusdagi prezidentlik saylovlari 9 avgust kuni bo`lib o`tadi. Nomzod sifatida besh nafar odam ro`yxatdan o`tgan. Lukashenkoning asosiy raqiblari sanalgan Viktor Babariko va Valeriy Tsepkalolar saylovda qatnasha olmaydilar.

Iyun oyida davlat rahbari o`z raqiblarini korrupsiyada ayblagan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga