Huawei 1
Mark Sukerberg Facebook va Instagramʼda endi faktcheking bo‘lmasligini ma’lum qildi

Mark Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, joriy tizim «juda ko‘p xato va senzura mavjud nuqtaga yetib kelgan». «Biz qoidalarni soddalashtiramiz va o‘z platformalarimizda so‘z erkinligini qaytaramiz», — dedi u.

Endilikda Meta platformalarida Ilon Maskka tegishli X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi kabi boshqa foydalanuvchilarning izohlari paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilarda tarmoq siyosatini buzayotgan postlar ustidan shikoyat qilish imkoniyati saqlanib qoladi. Ushbu shikoyatlar kontentni avtomatik skanerlash natijalaridan oldin hisobga olinadi.

Shuningdek, Meta «o‘z lentalarida ko‘rishni istagan» foydalanuvchilar uchun siyosiy kontentlarni yashirishni to‘xtatadi.

Facebookʼda faktcheking tizimi 2016 yilda, Rossiya «trollar fabrikasi»ning AQShdagi prezidentlik sayloviga aralashuviga oid mojaro fonida paydo bo‘lgandi. Faktcheking bilan Meta xodimlari emas, balki asosan professional jurnalist va muharrirlardan iborat boshqa tashkilotlar shug‘ullangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10906 | Инструменты