Huawei 1
Merilin Monro ro'moli sabab Parij teatri bankrot bo'lmadi

Parijdagi “Italiya komediyasi teatri” Merilin Monro ro'molini 300 000 yevroga sotish orqali bankrotlikdan qutulib qoldi. Mablag' evaziga rahbariyatda qarzlarni to'lash va teatr ishini davom ettirish imkoyati paydo bo'ldi.

Mashhur aktrisaning ipak ro'moli teatr rejissyori va tashkilotchisi Attilio Maggiliga tegishli edi. Uzoq yillar davomida Maggili ro'molni qabulxonada saqlab kelar edi.

Ro'molning esa juda qiziqarli tarixi bor. Monro o'limidan ikki yil oldin ro'molni Nyu-Yorkdagi Waldorf Astoria mehmonxonasining ayollar xonasida qoldirib ketadi. Shundan keyin ro'mol rassom Endi Uorxol qo'liga tushib qoladi.

U vaqt o'tib ro'molni kolleksioner Leo Kastelliga sovg'a qiladi. Vanihoyat, Leo sovg'ani uning hozirgi egasi, “Italiya komediyasi teatri” rejissyori Attilio Maggiliga berishga qaror qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga