Huawei 2
Moskvadagi terakt bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi

Crocus City Hall’dagi teraktga aloqadorlikda gumon qilingan Tojikiston fuqarosi Lutfulloi Nazrimad hibsga olinishi ustidan shikoyat qildi. Bu haqda Moskvaning Basmanniy sudiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Sudga Lutfulloi Nazrimadni hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasi yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat arizasi kelib tushgan, u 15-aprel kuni berilgan. Moskvaning Basmanniy sudi 28-mart kuni Nazrimodni ikki oyga hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan.

Terakt ishidagi boshqa barcha ayblanuvchilar singari, u ham terrorchilik xurujida (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi 3-qismi “b” bandi) ayblanmoqda. Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning aytishicha, Nazrimad “terakt ishtirokchilarini moliyalashtirish” sxemasida ishtirok etgan.

Bundan tashqari, yana bir tojikistonlik ayblanuvchi Muhammadzoir Sharifzoda ham uni hibsga olish haqidagi Basmanniy sud qarori ustidan 8-aprel kuni shikoyat qilgan. Tergov Sharifzodani Crocus’dagi teraktni uyushtirishda ishtirok etganlardan biri deb hisoblamoqda. Unga qo‘yilgan modda bo‘yicha eng og‘ir jazo umrbod qamoq jazosi bo‘lishi mumkin. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga