Huawei 2
Narendra Modi koronavirusga qarshi profilaktik vositani e'lon qildi

Hindistonda yakshanba kuni Xalqaro yoga kuni keng nishonlandi. Bosh vazir Narendra Modining fikriga ko'ra, yoga bilan munatazm shug'ullanish immun tizimini mustaxkamlashda yordam berar ekan. Bu esa, o'z navbatida, koronavirusga qarshi kurashda juda muhim.

"Do'stlar, butun dunyo koronavirus pandemiyasi davrida yogani qanchali zarur ekanligini tushinib bormoqda. Bizda kasallik bilan kurashishga yordam beradigan kuchli immunitetimiz bor", - dedi Modi.

COVID-19 virusi birinchi navbatda nafas olish organlariga katta zarar yetkazadi, yoga yordamida esa ushbu tana a'zolarini rivojlantirish mumkin.

Hindistonda yoga amaliyoti keng yo'lga qo'yilganiga qaramay, kasallanish holatlari kun sayin ortmoqda. Yakshanba kuni holatiga ko'ra mamlakatda 415 mingdan ziyod odam kasallikni yuqtirgan, 13 mingdan ortiq bemor esa kasallik qurboniga aylangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga