Huawei 1
Narendra Modi Ukraina mojarosi tinch yo‘l bilan yakunlanishi kerakligini aytdi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Qozondagi BRICS sammitida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro tinch yo‘l bilan yakunlanishi kerakligini ma’lum qildi.

“Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan mojaroga kelsak, biz muntazam aloqadamiz. Avval aytib o‘tganimdek, biz muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish kerak, deb hisoblaymiz va tinchlik hamda barqarorlik erta o‘rnatilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz barcha sa’y-harakatlarimizda insoniyatga ustuvor ahamiyat beramiz va kelajakda ham har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyormiz”, dedi Modi.

Shu bilan birga Hindiston bosh vaziri Putinga mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirgan.

“BRICS sammitida ishtirok etish uchun shunday ajoyib shahar Qozonga kelish baxtiga muyassar bo‘lganim quvonarli. Hindiston bu shahar bilan chuqur tarixiy aloqalarga ega”, dedi u.

Putin, o‘z navbatida, Modiga Qozonga qilgan shaxsiy tashrifi uchun minnatdorlik bildirgan va Rossiya—Hindiston munosabatlari alohida imtiyozli strategik sheriklik xarakterida ekanini hamda faol rivojlanishda davom etishini taʼkidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102311 | Инструменты