NASA 2031-yilda Xalqaro kosmik stansiyani orbitadan chiqarib, uni okeanga cho‘ktirishni rejalashtirmoqda
NASA 2031 yilning yanvarida Xalqaro kosmik stansiyani (XKS) ishdan chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tashkilot saytidagi hisobotda aytiladi.
Bayden ma'muriyati stansiyaning ishlash muddatini 2030 yilgacha uzaytirishini tasdiqlaganidan bir oy o'tgach, NASA yangi avlod tijorat kosmik stantsiyalariga e'tibor qaratgan holda orbitada so'nggi yillar uchun yangilangan o'tish rejasini e'lon qildi.
150 milliard dollarlik laboratoriya Yer atmosferasi orqali yonib tushib, Tinch okeaniga cho'ktiriladi.
“Xalqaro kosmik stansiya nol tortishish kuchida innovatsion ilmiy platforma sifatida o'zining uchinchi va eng samarali o'n yilligiga kirmoqda”, dedi NASA ISS dasturi direktori Robin Geytens The Times nashriga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, stansiya faoliyatining uchinchi o‘n yilligi turli sohalardagi “muvaffaqiyatli global hamkorlik” natijalariga bag‘ishlanadi.
“109 metr uzunlikdagi stansiya qismlari atmosferaning yuqori qatlamiga kirgandan keyin saqlanib qoladi va kosmik kemalar chiqindilari qabristoni bo‘lgan Point Nemo nuqtasi yaqinidagi suvga tushadi”, deb yozadi Britaniya gazetasi.
Qayd etilishicha, Jahon okeanidagi bu nuqta istalgan quruqlikdan uzoqda va Tinch okeanining janubida joylashgan. Bu yerda boshqa kosmik qoldiqlar ham ko‘milgan, jumladan 1979 yilda orbitadan chiqarilgan birinchi Amerika stansiyasi Skylab va 2001 yilda utilizatsiya qilingan Mir stantsiyasi.
Maqolada taʼkidlanishicha, Xalqaro kosmik stansiyadan 2030-yilgacha foydalanishni davom ettirish NASA va uning hamkorlari – Kanada, Yevropa Ittifoqi va Yaponiya kosmik agentliklari uchun odamlarning fazoda uzluksiz boʻlishini kafolatlay oladi.
XKSdagi loyihalardan tashqari, NASA tijoriy yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzib, past Yer orbitasida tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda. Ular yangi avlod kosmik stantsiyalarini yaratish va sayyohlar hamda olimlar uchun boshqa yo'nalishlarni ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20811 | Инструменты