Huawei 2
Navbatdagi prezidentda koronavirus aniqlandi

Boliviyaning vaqtinchalik prezidenti Janin Aniez ham koronavirus kasaliga chalindi. Bu haqida siyosatchi o’zining Twitter ijtimoiy tarmog’ida yozib qoldirdi. Uning so’zlariga ko'ra, xozirda u o’zini yaxshi xis etmoqda va izolyatsiya rejimida masofadan turib ishlashda davom etadi.

"Oxirgi paytda juda ko’pchilik infeksiyani yuqtirgani aniqlandi. Shuning uchun men ham test topshirishga qaror qilgan edim. Afsuski menda ham virus borligi tasdiqlandi. 2 xaftadan keyin men qayta test topshiraman va ungacha uydan turib ishlayman”,dedi Aniez.

Aniez ilgari Boliviya parlamentining ikkinchi vitse-spikeri lavozimida faoliyat yuritgan. Davlatning sobiq rahbari Evo Morales norozilik namoyishlari tufayli mamlakatdan qochib ketganidan keyin u vaqtinchalik prezident lavozimiga tayinlandi. 3 mayda bo’lib o’tishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlari pandemiya tufayli sentyabr oyiga qoldirildi.  

Izohlar: 10
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Bahodir
    0
    Bahodir 3 yil avval

    Menimcha Insinlar birlashish vaqti yetdi.Sharoiti oģir va kunlik daromad bilan yashaydigonlar uchun 1ta fond tashkil qilish jere. Kòchaga chiqishni cheklash kere butunlayga hech bolmasa 2haftaga.Kasalanish zanjirini uzib olinsa keyin asta 2-tòlqini ustidan ham ģalabaga erishamiz

  • O'tkirbek Olimov
    0
    O'tkirbek Olimov 3 yil avval

    Yomon bo‘pti lekin

  • Otabek
    0
    Otabek 3 yil avval

    Iltmos uyda qoling ozingizni asrang!

  • Qahramon
    -12
    Qahramon 3 yil avval

    Zoʻr

  • Akobir
    4
    Akobir 3 yil avval

    Òzi Lotin Amerika asosiy òchoģlarga aylangan.

  • Asliddin
    0
    Asliddin 3 yil avval

    Yomon bupti

  • Odilbek
    12
    Odilbek 3 yil avval

    Hamma prezident bulyaptimo

  • Nuriddin Murtozoqulov
    -1
    Nuriddin Murtozoqulov 3 yil avval

    Iltimos uyda qoling dunyoni qutqarish uchunmas oilangizni bolalaringizni qutqarish uchun


Tepaga