Huawei 1
NBC: AQSh Livandan Amerika fuqarolarini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda

AQSh Mudofaa vazirligi Isroil va Livandagi “Hizbulloh” shia harakati o‘rtasidagi jangovar harakatlar kuchayganligi sababli, kerak bo‘lsa, Livandan Amerika fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun qo‘shinlarni Isroil-Livan chegarasiga yaqinlashtirmoqda. Bu haqda NBC telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

Ularga ko‘ra, Vashington yaqin haftalarda Isroil Livanga quruqlikdan hujum uyushtirishi mumkinligidan xavotirda. NBC suhbatdoshlariga ko‘ra, Isroil rasmiylari Vashington bosimiga qaramay, Livanga hujum qilish rejalaridan voz kechmayapti. Isroil, Hizbullohning raketa hujumlari tufayli tark etishga majbur bo'lgan 60 ming isroillik Isroil shimolidagi uylariga qaytishi uchun chegarada 10 milya (16 kilometr) bufer zona yaratishga umid qilmoqda.

Qayd etilishicha, chorshanba kuni AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS Wasp amfibiya hujum kemasi va 24-dengiz ekspeditsiyasi bo‘linmasi O‘rta yer dengiziga joylashtirilgan. Amerikaning Oak Hill desant kemasi ham shu yerda joylashgan. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar o‘z ittifoqchilari bilan zarurat tug‘ilganda evakuatsiya jarayonini birgalikda muvofiqlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Iyun oyi o‘rtalarida Isroil armiyasi Livanga hujum qilish uchun operativ rejani tasdiqladi. G'azo sektorida Falastinning HAMAS radikal harakatiga qarshi operatsiyadan so'ng hukumat bir vaqtning o'zida HAMAS kabi Isroilga qarshi harakat qilayotgan, yahudiy davlati hududini shimoldan o'qqa tutayotgan Hizbullohga ham zarba berishni kutmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63022 | Инструменты