Huawei 1
Makron Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi

Fransiya prezidenti Yaqin Sharq mojarosini siyosiy jihatdan hal qilishni ustuvor vazifa deb atadi. Unga ko‘ra, Fransiya Isroilni G‘azo sektoridagi hujumlar uchun qurol-yarog‘ bilan ta’minlamaydi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlar uchun Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi. Bugun ustivor vazifa Isroil va HAMAS terrorchilik guruhi oʻrtasidagi mojaroning “siyosiy yechimi”ga qaytish va “Gʻazo sektoridagi janglar uchun” qurol-yarogʻ yetkazib berishni toʻxtatish, dedi u 5-oktabr, shanba kuni France Inter radiosi orqali.

Fransiya Isroilga falastinliklar yashaydigan qirg‘oq chizig‘iga hujumlar uchun qurol-yarog‘ yetkazib bermayapti, deya qo‘shimcha qildi Makron HAMASning Isroilga yirik hujumining bir yilligidan ikki kun oldin bergan intervyusida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100613 | Инструменты