Huawei 1
Netanyaxu qarorgohiga uchirilgan dron tufayli Eronga tahdid qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Kesariya shahridagi qarorgohi 19-oktyabr kuni hujumga uchradi. Siyosatchi Livandan qarorgohida uchirilgan dron tufayli Eronga tahdid qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

“Eronparast ‘Hizbulloh’ guruhining meni va rafiqamni o‘ldirishga urinishi jiddiy xato bo‘ldi. Bu meni yoki Isroil davlatini kelajagimizni ta’minlash uchun dushmanlarimizga qarshi adolatli urushni davom ettirishdan to‘xtata olmaydi”, dedi Netanyaxu.

U agar Eron va uning ittifoqchilari Isroil fuqarolariga zarar yetkazishga urinsa, “og‘ir tovon to‘lashiga” to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Netanyaxu Isroil “terrorchilarni va ularni yuboruvchilarni yo‘q qilishda davom etishini” aytdi.

Isroil bosh vazirining shaxsiy qarorgohiga dron hujumi “Hizbulloh” tomonidan uyushtirildi. Hujum paytida Netanyaxu va uning rafiqasi Sara qarorgoh tashqarisida bo‘lgan. Hech kim jarohat olmagan.

18-oktyabr kuni “Hizbulloh” Isroilga qarshi urushning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qilgandi.

“Isroil bilan qarama-qarshilikning yangi va keskinlashuvchi bosqichiga o‘tilishini e’lon qilamiz. Bu yaqin kunlarda voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatadi”, deb va’da bergandi “Hizbulloh”.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102113 | Инструменты