Huawei 1
Sirdaryoda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchini urdi

Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda ikki o‘quvchi qiz va o‘qituvchi janjali aks etgan video tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 7-oktyabr kuni Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda sodir bo‘lgan. Videoda o‘quvchi qizlar o‘qituvchi ayolga qo‘l ko‘tarib, sochidan tortganini, o‘qituvchi ham ulardan birining sochini tortganini ko‘rish mumkin.

Voqeaga guvoh bo‘lgan boshqa o‘qituvchilar ularni ajratishga harakat qilgan.

Holat Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va soha mas’ullari nazoratiga olingan. O‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102115 | Инструменты