Huawei 1
Nikol Pashinyan Rossiya tinchlikparvar kuchlarining Armanistonga o‘tkazilishiga qarshi chiqdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘da joylashgan Rossiya tinchlikparvar kontingenti mintaqani tark etgach, Rossiyaga qaytishi kerakligini aytdi. U tinchlikparvar kuchlarning Armanistonga joylashtirilishi ehtimoli haqidagi savolga shunday javob berdi, deya yozmoqda Kommersant.ru nashri.

“Bular Rossiya Federatsiyasining Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvar qo‘shinlari. Ular chiqib ketadigan bo‘lsa, Rossiyaga qaytishi kerak”, — dedi Pashinyan Armaniston jamoat televideniyesiga bergan intervyusida.

U Rossiya tinchlikparvar kuchlarining Qorabog‘da bo‘lishi masalasi Armaniston pozitsiyasiga bog‘liq emasligini ta’kidladi.

 “Rossiya Ozarbayjon bilan muayyan muzokaralar olib bormoqda. Bu masala biz bilan ham muhokama qilinyapti”, — dedi Pashinyan.

Rossiya tinchlikparvar kontingenti Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida 2020-yil 10-noyabrdagi kelishuvga muvofiq Qorabog‘ga joylashtirilgandi. 

Uch tomonlama hujjat 2025-yilgacha mintaqada tinchlikparvar kuchlarning bo‘lishini, bu muddatni uzaytirish imkoniyatini ko‘zda tutadi.

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarovaning qayd etishicha, Armaniston Qorabog‘ni Ozarbayjon hududi deb tan olganidan so‘ng mintaqada tinchlikparvar kuchlarning bo‘lish shartlari o‘zgargan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularni joylashtirish masalasi Ozarbayjon hukumati bilan muhokama qilinmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin mintaqada tinchlikparvar kuchlarning qolishi “talab” ekanini aytdi.

5-oktyabr kuni Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘dagi sobiq aloqa chizig‘i bo‘ylab vaqtinchalik kuzatuv postlarini demontaj qila boshladi. Shu bilan birga, tinchlikparvar kontingentni mintaqadan olib chiqib ketish hali rejalashtirilmagani ta’kidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20611 | Инструменты