1-yanvar kuni kechqurun Nyu Yorkning Kvins tumanidagi tungi klub oldida otishma sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 10 kishi yaralandi.
Politsiya otishmaning jinoiy guruh faoliyatiga aloqadorligini tekshirmoqda va hozircha bu holat terrorizm bilan bog‘liq emas deb hisoblayapti.
ABC News xabariga ko‘ra, bir guruh erkaklar klub tashqarisida navbatda turgan 15 ga yaqin odam tomonga qarata o‘t ochgan. Yaralanganlarning barchasi 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yigitlar, deydi politsiya.
Hammasi bo'lib 30 ga yaqin o'q uzilgan. Gumonlanuvchilar voqea joyini mashinada tark etgan.
Nyu Yorkdagi otishma Nyu-Orleandagi hujum bilan bir kunda sodir bo'ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10504 | Инструменты