Mazkur yangi sayyora Yerdan taxminan 70 foiz kattaroqligi aytilmoqda
Monreal universiteti xalqaro olimlar jamoasi yangi TOI-1452 b ekzosayyorasi topilgani haqida ma’lum qildi. Uning yuzasi butunlay okean bilan qoplangan va bu sayyorani hayot rivojlanishi uchun qulaylikka egaligini ta’minlaydi.
Mualliflarning fikricha, “okean sayyorasi” butunlay qalin suv qatlami bilan qoplangan sayyora bo‘lishi mumkin. Olimlar buni Yupiterning Ganimed va Kallisto hamda Saturnning Titan va Enselad yo‘ldoshlari bilan taqqoslayapti.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sayyora Yerdan taxminan 70 foiz kattaroqdir. Olimlarga Yer massasidan qariyb besh baravar ko‘p bo‘lgan sayyora massasini taxmin qilish uchun 50 soatdan ko‘proq kuzatish kerak bo‘ldi. Shu bilan birga, ekspertlarning fikriga ko‘ra, u Yer kabi toshloq, ammo suv Yer massasida 1 foiz bo‘lsa, TOI-1452 bda u 30 foizgacha bo‘lishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122509 | Инструменты